QS reytingida Business & Finance yo‘nalishi bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinda turuvchi HEC Paris bilan hamkorlik muzokaralari boshlandi.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti rektori professor Akmal Allakuliyev boshchiligidagi delegatsiya Fransiyaning eng nufuzli biznes maktablaridan biri — HEC Paris bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralarda xalqaro biznes ta’limi, menejment va liderlik yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar:
▪️ Executive MBA qo‘shma dasturini ochish
▪️ talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish
▪️ HEC Paris Summer School dasturlarida ishtirok etish
▪️ biznes va menejment yo‘nalishlarida xalqaro tajriba almashinuvi
▪️ professor-o‘qituvchilar uchun akademik tashriflarni tashkil etish
bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishdi.
Mazkur uchrashuv KIUT talabalari uchun xalqaro biznes ta’limiga chiqish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.