Ramazon hayiti va Navro‘z ayyomi muborak bo‘lsin!
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti jamoasi nomidan hurmatli professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar, muhtaram ota-onalar hamda qadrli hamkorlarimizni muborak Ramazon hayiti va Navro‘z ayyomi bilan samimiy tabriklaymiz.
Ushbu ikki qutlug‘ ayyom yurtimizga tinchlik, totuvlik va yangilanish ruhini olib kiradi. Ramazon hayiti — mehr-oqibat, bag‘rikenglik va shukronalik timsoli bo‘lsa, Navro‘z — yangilanish, ezgulik va farovonlik bayramidir.
Biz uchun Sizlarning ishonchingiz, hamkorligingiz va qo‘llab-quvvatlovingiz eng katta qadriyatdir. Birgalikda erishilayotgan yutuqlarimiz kelajak sari dadil qadam tashlashimizga xizmat qilmoqda.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, farovonlik hamda ilm-fan va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Qalblaringiz doimo quvonchga to‘lsin, xonadonlaringizdan fayz-u baraka arimasin!
Ramazon hayiti va Navro‘z ayyomingiz muborak bo‘lsin!