Rim shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston–Italiya rektorlarining Ikkinchi forumi doirasida Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti rektori, professor Akmal Baltayevich Allakuliyev boshchiligidagi delegatsiya qator muhim va istiqbolli uchrashuvlarni amalga os
Nufuzli anjuman Roma Tre University mezbonligida tashkil etilib, ikki mamlakat o‘rtasidagi oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.
Forum doirasida Italiya yetakchi universitetlari bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda talabalar almashinuvini faollashtirish masalalari yuzasidan konstruktiv muzokaralar olib borildi. Natijada quyidagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik hujjatlarini imzolash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi:
Università degli Studi di Torino (QS ≈ #408)
Università degli Studi di Parma (QS ≈ #1001)
Ca’ Foscari University of Venice (QS ≈ #660)
Università degli Studi di Bari Aldo Moro (QS ≈ #800)
Università di Pisa (QS ≈ #343)
Mazkur kelishuvlar faqat hujjatlar almashinuvi bilan cheklanmay, aniq amaliy mexanizmlar asosida yo‘lga qo‘yiladigan uzoq muddatli akademik hamkorlikni nazarda tutadi.
Muzokaralarda talabalar manfaatlari ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi. Tomonlar 2+2 hamda 1+1 formatidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Bu esa talabalarga ikki diplom asosida tahsil olish, Yevropa akademik va ilmiy muhitida bevosita ishtirok etish, xalqaro tajriba orttirish hamda global mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanish imkonini yaratadi.
Rimda o‘tkazilayotgan ushbu forum Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetining xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlash, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida integratsiyani chuqurlashtirish hamda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining global hamkorlik geografiyasini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.