ROBOTIS O‘zbekistonda zavod ochishni rejalashtirmoqda
ROBOTIS Uzbekistan bosh direktori JungHwa Ahn Toshkent Kimyo xalqaro universiteti ta’sischisi, professor Alisher Vahobov bilan uchrashdi.
Muzokarada kompaniyaning O‘zbekistonda robototexnika zavodini ochish rejasi hamda universitet bilan kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Yangi korxonaga 200 nafardan ortiq muhandislik yo‘nalishi talaba va bitiruvchilarini ishga jalb qilish, shuningdek, ularning amaliyot va malaka oshirish jarayonlarini bevosita kompaniyada tashkil etish rejalashtirilmoqda.