
Rossiya Federatsiyasining Taʼlim va tarbiya akademiyasi tomonidan tashkil qilingan xalqaro ilmiy ishlar va maqolalar tanlovida talabamiz Taniberdiyev Muxlisbek ishtirok etdi
Muxlisbek juda dolzarb mavzulardan biri boʻlgan - iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha “Ekologiya buzilishi natijasida ichki va tashqi migratsiyaning kuchayishi, ekologik migratsiya” nomli maqolasi orqali 1-darajali diplomni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, diplom va “Taʼlimdagi xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.