None

Rossiyaning Qozon shahrida “Oq gullar” nomli xalqaro yosh olimlar ilmiy forumi va 30 - Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi


Rossiyaning Qozon shahrida “Oq gullar” nomli xalqaro yosh olimlar ilmiy forumi va 30 - Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. Bu yilgi konferensiya juda raqobatbardosh va yuqori saviyada oʻtkazildi, unda turli mamlakatlardan kelgan yuzlab ishtirokchilar oʻzlarining ilmiy maqolalarini taqdim etdilar.

Konferensiyaning “Tibbiy va umumiy psixologiya” bosqichida birinchi oʻrin uchun bahs-munozaralar juda qiziqarli kechdi. Toshkent Kimyo xalqaro universiteti nomidan ishtirok etgan talabamiz, “Davolash ishi” yoʻnalishining 2-kurs talabasi Xusanova Mohinabonu birinchi oʻrinni egalladi.

“Oq Gullar” forumi va yosh olimlar konferensiyasi ishtirokchilari uchun nafaqat bilim va tajriba orttirish, balki oʻzaro fikr almashish va yangi hamkorliklarni boshlash uchun ham ajoyib imkoniyatdir. Biz kelajakda ham shu kabi tadbirlarning davom etishini va yana koʻplab yosh olimlarning bu kabi yutuqlarga erishishini tilab qolamiz.