Prize-holders on chess championship

Shaxmat bo'yicha chempionat sovrindorlari


Universitet talabalari orasida sportni ommalashtirish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish maqsadida Westminster universitetida Rektor kubogi uchun bellashuvlar ketyapti. Kuni kecha, xalqaro universitetlar talabalari oʻrtasida shaxmat boʻyicha oʻtkazilgan bellashuvlarda “Boshlangʻich taʼlim” yoʻnalishi talabalari Xamrayev Javohir, Nishonova Gulbadan va “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yoʻnalishi talabasi Bekmurodov Sherzod faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritishdi.
Talabalarimizni gʻalaba bilan qutlab, ularning kelgusi oʻqish va ishlariga omad tilab qolamiz.