Shvetsiyalik professor Kjell Ahlin 12 kun davomida muhandislik yo‘nalishi talabalariga leksiya o‘tib beradi
Kuni kecha «Yo‘l harakati muhandisligi va boshqaruvi» kafedrasi tomonidan tashkillashtirilgan «Ma'lumotlarni tahlil qilish va harakat qulayligini baholash» mavzusidagi seminarga start berildi. Seminar asosan institutning Muhandislik maktabi tadqiqotchilari, magistratura va bakalavriat talabalari uchun yangi ma'lumotlarga boy bo‘lishi kutilmoqda. Seminarni Shvetsiyaning vibratsiya sohasi bo‘yicha katta eksperti professor Kjell Ahlin olib bormoqda.