None

Sogʻlom turmush tarzi


Sogʻlom turmush tarzi — bu nafaqat jismoniy salomatlikni saqlash, balki ruhiy, ijtimoiy va iqtisodiy farovonlikni ham oʻz ichiga oladi. 
Bugungi kunda koʻplab odamlar stress, notoʻgʻri ovqatlanish va yetarli jismoniy faollikning yoʻqligi kabi muammolarga duch kelmoqdalar. Shu sababli, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish juda muhimdir.

Kuni kecha, Toshkent Kimyo xalqaro universitetida Anatomiya va fiziologiya kafedrasi mudiri Safarova Dilbar Jamalovna “Sogʻlom turmush tarzining uslubiy asoslari” mavzusida mahorat maʼruzasi oqidi. 
Mavzuning dolzarbligi talablar orasida qizgʻin savol-javoblarga asoslangani boʻldi.

Sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, avvalambor, har bir shaxsning oʻziga boʻlgan masʼuliyatini anglatadi. 
Oʻz salomatligiga eʼtibor berish har qanday kishining umrini uzaytirishi, sifatini yaxshilashi va hayotdan rohatlanishini taʼminlaydi.