None

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan 9 aprel kuni Toshkent Kimyo xalqaro universitetida tadbir boʻlib oʻtdi


Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan 9 aprel kuni Toshkent Kimyo xalqaro universitetida tadbir boʻlib oʻtdi.

Universitetning “Tarix” yoʻnalishi “Maʼnaviyat” boʻlimi, “Zakovat” teleoʻyinlari ishtirokchilari Jobir Ahmedov, Abdugʻani Inoyatovlar bilan hamkorlikda “Amir Temur tarixi bilimdoni” nomli zakovat turnirini tashkil etdi. Amir Temur tarixi mavzusi doirasida 28 savoldan iborat boʻlgan mazkur turnirda universitetning turli yoʻnalishidan yuzdan ortiq talabalardan iborat 17 ta jamoa kuch sinashdi. Oʻzbekiston xalq artisti Tesha Moʻminov, taniqli xonandalar Aziz Rajabiy va Sharofiddin Muzropovlarning tashrifi tadbirga yanada joʻshqinlik bagʻishladi. Tadbir yakunida gʻoliblar Amir Temur va Temuriylar tarixiga oid qimmatli manbalar jamlanmasi bilan taqdirlandilar.