None

Sport oʻquvchilar uchun stressdan xalos boʻlishning ajoyib usuli


Sport oʻquvchilar uchun stressdan xalos boʻlishning ajoyib usuli. Basketbol bilan shugʻullanishdagi jismoniy faollik tanadagi stress gormonlarini kamaytirishga yordam beradi va endorfin ishlab chiqarishni ragʻbatlantiradi, oʻyinchilarga farovonlik hissi beradi. Toshkent Kimyo xalqaro universitetida yoshlar orasida ommaviy sportni rivojlantirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida har haftaning shanba kunlari Basketbol oʻyinlari tashkil qilinmoqda. Bu yilgi tarkibda turli fakultetlarda tahsil oladigan isteʼdodlar jamlangan boʻlib, ularning barchasini oʻyinga boʻlgan muhabbat va raqobatbardosh ruh birlashtirgan. Eʼtiborlisi, ular orasida universitetga, talabalar almashinuvi dasturi asosida AQShdan kelgan talabalar ham musobaqada ishtirok etishmoqda.

Basketbol bu jamoaviy sport turi boʻlib, oʻyinchilardan strategiya ishlab chiqish va gʻalaba qozonish uchun birgalikda harakat qilishlarini talab qiladi. Bu hamkorlik tuygʻusini rivojlantiradi va talabalarga jamoaviy ishning muhimligini oʻrgatadi, bu ham akademik, ham kelajakdagi professional sharoitlarda qoʻllaniladi. Basketbol kabi sport turlari bilan shugʻullanish intizom, masʼuliyat, oʻziga ishonch, javobgarlik va vaqtni boshqarish kabi hayotiy koʻnikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.

Basketbol musobaqasida 7 ta jamoa ishtirok etib, oʻzaro kuch sinashdi.