Sun’iy intellekt til merosini saqlashga yordam bera oladimi, neyrotarmoqlar esa tillarni o‘rganish usullarini o‘zgartira oladimi
Ana shu dolzarb savollar 2026-yil 5–6-iyun kunlari Toshkent Kimyo xalqaro universitetida bo‘lib o‘tgan “Rus tili va adabiyoti sivilizatsiya ko‘zgusi sifatida: an’analar, madaniyat, zamonaviylik” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning asosiy mavzularidan bo‘ldi.
Konferensiyada O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon va Qozog‘istondan kelgan olimlar hamda pedagoglar zamonaviy til ta’limi, o‘qitishda neyrotarmoq texnologiyalaridan foydalanish, raqamli kommunikatsiya va globallashuv sharoitida til-madaniy merosni asrab-avaylash masalalarini muhokama qildilar.
Tadbir ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar chorrahasida tajriba almashish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda yangi g‘oyalarni ilgari surish uchun muhim maydonga aylandi.