None

Talabalar bilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar!


«Fail» bu – yakuniy imtihon natijalari bo‘yicha yetarlicha ball to‘play olmagan va fanni o‘zlashtira olmaslik holati.

«Retake» bu – fanni o‘zlashtira olmagan talabalar uchun qayta imtihon (imkoniyat).

«GPA» bu – ta’lim oluvchining dastur (yoki tegishli semestr) bo‘yicha o‘zlashtirgan ballarining o‘rtacha ko‘rsatkichi.

«Kredit» bu – ta’lim olish natijalariga ko‘ra, talaba tomonidan muayyan fan bo‘yicha o‘zlashtirgan o‘quv yuklamasining o‘lchov birligi.

«Transkript» bu – ta’lim olishning tegishli davrida o‘zlashtirilgan kreditlar va baholarning harf va raqamlardagi ifodasi ko‘rsatilgan hujjat.

Baxolash tizimi.

Bir o‘quv yilida 2 semestr mavjud.

1 semestr davomida maksimal olishingiz mumkin bo‘lgan ball - 100.

 Baholash tizimi bir semestr uchun quyidagicha:

1. Darslarda qatnashib, o‘qituvchining bergan vazifalarini bajarib, maksimal 30 ball olishingiz mumkin.

2. Yakuniy imtihon, ya’ni Final Exam dan maksimal olish mumkin bo‘lgan ball 70.

Final exam yozma, test, biron bir loyiha, taqdimot yoki ijodiy ish shaklida bo‘lishi mumkin. Qay shaklda bo‘lishi fan o‘qituvchilari tomonidan oldindan aytiladi.

Har semestrda bir fandan minimal o‘tish ball - 60.

Agar siz 100 balldan 60 olsangiz, o‘sha fanni yopgan hisoblanasiz. Lekin 60 ball — bu eng past natija.