
Talabalar uchun yangi imkoniyat – K-Teacher dasturi
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida Koreys tili milliy instituti delegatsiyasi mehmon bo‘ldi. Uchrashuvda talabalar uchun juda qiziqarli yangilik taqdim etildi – «Xorijiy koreys tili o‘qituvchilari (K-Teacher)» dasturi.
Dastur nima beradi?
🔷Koreys tilini eng zamonaviy va samarali usullar bilan o‘rganish,
🔶Koreys tili o‘qituvchilaridan bevosita xalqaro tajriba olish,
🔷Kasbiy kelajak uchun mustahkam tayyorgarlik va yangi ko‘nikmalar.
K-Teacher – bu shunchaki o‘quv dasturi emas. Bu talabalarni global miqyosda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lishi uchun katta imkoniyatdir.
Demak, endi koreys tilini o‘rganish jarayoni nafaqat qiziqarli, balki xalqaro darajada istiqbolli ham bo‘ladi.