Talabalarimiz Janubiy Koreyaga yo‘l olmoqda!
Talabalarimiz Janubiy Koreyaga yo‘l olmoqda!
Nihoyat, universitetimizdan 1 semestrlilik grant asosida Janubiy Koreyada ta’lim olish imkoniyatini qo‘lga kiritgan talabalarimizni kuzatdik.
Ushbu dastur doirasida jami 32 nafar talabamiz quyidagi nufuzli universitetlarda 1 semestr davomida tahsil olib, xalqaro tajriba orttiradi:
📍 Jeonbuk National University
📍 Chungbuk National University
📍 Sungshin Women’s University
📍 Soonchunhyang University
📍 Sunchon National University
📍 Kangwon National University
Quvonarlisi, ushbu dasturda faqat koreys filologiyasi emas, balki
Fashion Design (liboslar dizayni), arxitektura, rangtasvir kabi yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalarimiz ham ishtirok etmoqda.
Talabalarimiz xorijda ta’lim olish orqali nafaqat bilim va kasbiy ko‘nikmalarini oshiradi, balki Janubiy Koreya ta’lim tizimi, madaniyati va talaba hayoti bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar.