In order to consolidate the theoretical knowledge of students by practice

Talabalarning nazariy bilimlarni amaliyot bilan mustahkamlash maqsadida...


“Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishi talabalarining nazariy bilimlarini amaliyot jarayoni bilan uzviy bogʻliqlikda mustahkamlash maqsadida 2023 yilning 17 aprel kuni Toshkent Kimyo xalqaro universiteti hamda bir qator davlat maktabgacha taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Ushbu hamkorlikning dastlabki natijasi sifatida universitet dotsenti M.N.Aʼzamova rahbarligi ostida mazkur taʼlim yoʻnalishining 2-bosqich talabalari poytaxtda joylashgan 193, 341 va 534-conli davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga oʻquv-tanishuv amaliyotini oʻtash uchun yuborildi.