Talabani tinglata olish — har bir o‘qituvchining san’ati
Darsda talabalarni e’tiborini jalb qilish, hatto eng murakkab fanlarni ham qiziqarli va sodda tilda tushuntira bilish — bu har bir o‘qituvchining eng muhim mahoratidir.
Aynan shu mavzuda 2025-yil 22-oktabr kuni Toshkent Kimyo xalqaro universitetida “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar uchun xalqaro mahorat darsi tashkil etildi.
Tadbirda Varshavadagi WSB Merito universiteti professori Ursula Kolasinska “Kompetensiyalarni rivojlantirish – jamoa oldida nutq so‘zlash mahoratlari. Sizni tinglashlari uchun qanday so‘zlaysiz?” mavzusida ma’ruza o‘qidi.
Ma’ruzada u ishonchli va ta’sirchan so‘zlash, auditoriyani jalb etish, e’tiborni saqlab qolish hamda muvaffaqiyatli muloqotning psixologik va amaliy jihatlari haqida o‘z tajribasini o‘rtoqlashdi.