Meet Akbar and Shirin, our first graduates who completed their Bachelor's program last year and are currently pursuing their Master's degree in Italy

Tanishing, Akbar va Shirin oʻtgan yili bakalavr dasturini tamomlagan ilk bitiruvchi talabalarimiz boʻlib, ular hozirda Italiyada magistratura dasturi boʻyicha oʻqishini davom ettirishmoqda


Akbar Abdullayev Italiyaning Messina Universitetida “Xalqaro munosabatlar” yoʻnalishida tahsil olmoqda. Akbar bizning universitetda “Turizm” yoʻnalishini tamomlagan. Shirin Tadjiyeva ham Italiyaning xuddi shu universitetida MBA dasturida oʻqishni davom ettirmoqda. Shirin bizda “Biznesni boshqarish” yoʻnalishining eng iqtidorli talabalaridan biri boʻlgan. Hozirda Shirin oʻz Instagram sahifalari orqali Italiyadagi hayot va oʻqish taassurotlari bilan ham oʻrtoqlashib boradi.
Ilk qaldirgʻochlarimizga oʻqishlarida va kelgusi hayotlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.