
“Tarix” taʻlim yo‘nalishi
Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Tarix” taʻlim yo‘nalishi navbatdagi sayyor darsni joriy yilning 22 may kuni Toshkent shahrida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida o‘tkazdi. Sayyor dars davomida muzeyning mutasaddi xodimlari tomonidan talabalarga majmuaning shakllanish tarixi, birinchi Prezidentning qarorgohdagi faoliyati muzeydagi eksponatlar orqali yoritib berildi.