None

“Tenge Bank”


“Tenge Bank” ATB boshqaruv raisi o‘rinbosari Tavakalov Ulug‘bek O‘ktamovich Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Bank ishi”, “Moliya” va “Buxgalteriya” yo‘nalishlari talabalariga “O‘zbekiston chakana bozoridagi tendentsiyalar” mavzusida tashrif ma’ruzasi o‘qidi. Ma’ruza davomida Ulug‘bek O‘ktamovich 2023-2025 yillar uchun “Yangi O‘zbekiston” strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasida banklarning chakana portfelining tarkibi, elektron tijorat bozori, marketpleyslar rivoji, frodlar va firibgarlik kabi dolzarb mavzularni yoritib berdi va tadbir tinglovchilar bilan muhokama shaklida davom etdi.

Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqrgan barcha savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.