
Tibbiyot yoʻnalishlariga hujjat topshiruvchi abituriyentlar uchun katta qulaylik yaratildi!
Endilikda abituriyentlar davlat test markazi (DTM/UZBMB) tomonidan oʻtkazilgan test sinovlarida toʻplagan ballari bilan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va uning filiallari (Namangan va Samarqand) Tibbiyot maktabi tarkibiga kiruvchi yoʻnalishlarga hujjat topshirishlari va talaba boʻlishlari mumkin.
❗️Joriy yilning 20 avgust kunidan boshlab, siz oʻzingiz bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishingiz kerak:
1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport/ID karta).
2. Litsey yoki kollej diplomi/umumiy o'rta ta’lim maktabi attestati
3. UZBMB (DTM) tomonidan berilgan qogʻozingiz.
Roʻyxatdan oʻtish jarayoni universitet qabul boʻlimida amalga oshiriladi.
📍 Manzil Toshkent shahridagi bosh universitet: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, Toshkent shahri, Shota Rustaveli koʻchasi, 156-uy.
📍 Manzil Samarqand filiali: Samarqand shahri, H.Abdullayev koʻchasi, 63-uy.
📍 Manzil Namangan filiali: Namangan sh, Chortoq ko'chasi, 75A-uy (https://maps.app.goo.gl/CHE1f77MKFjCU2aD7)
☎️+78 129 40 40 (1)