None

TKXU talabalarining Janubiy Koreyada ta’lim olish orzusi ro‘yobga chiqdi


TKXU talabalarining Janubiy Koreyada ta’lim olish orzusi ro‘yobga chiqdi

Toshkent Kimyo xalqaro universitetining bir guruh talabalari Janubiy Koreyaning Daegu universitetini muvaffaqiyatli tamomladilar. Ular universitetning 2+2 qo‘shma dasturi asosida “Koreys filologiyasi” yo‘nalishida tahsil olib, ikki yilni TKXUda va ikki yilni Koreyada o‘qishdi.

Ushbu dastur talabalarga nafaqat til va madaniyatni chuqur o‘rganish, balki xalqaro tajriba orttirish va kelajakda Koreyada karyera qurish imkoniyatini ham taqdim etdi. Bitiruvchilarning ba’zilari allaqachon Janubiy Koreyada ish topishga muvaffaq bo‘lishgan.

TKXU xalqaro hamkorlik doirasida talabalariga eng yaxshi ta’lim imkoniyatlarini yaratish va ularni global mehnat bozorida raqobatbardosh kadr sifatida tayyorlashda davom etadi. Agar siz ham Janubiy Koreyada o‘qishni istasangiz, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti siz uchun eng to‘g‘ri tanlov!