Toshkent Kimyo xalqaro universiteti delegatsiyasining Fransiyaga amalga oshirgan tashrifi doirasida ESTIAM universiteti bilan hamkorlik memorandumi (MoU) imzolandi.
Mazkur hamkorlik orqali ESTIAM talabalari KIUTda, KIUT talabalari esa ESTIAMning dunyo bo‘ylab 20 ga yaqin kampuslarida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Hamkorlik ayniqsa quyidagi yo‘nalishlar uchun muhim ahamiyatga ega:
Turizm
Biznesni boshqarish
Sun’iy intellekt
Tomonlar talabalar almashinuvi, qo‘shma dasturlar, xalqaro amaliyot va zamonaviy amaliy ta’lim yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.