
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti deligatsiyasi
Toshkent Kimyo xalqaro universitetining Moliya-xo‘jalik ishlari bo‘yicha prorektori Sh. Badalov boshchiligidagi delegasiya Yaponiyaning Osaka Metropolitan University Tibbiyot maktabiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida delegasiya a’zolari universitetning ilmiy va klinik bazasi, zamonaviy laboratoriyalar hamda innovatsion ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv chog‘ida talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar hamda yangi tibbiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ta’lim va ilmiy faoliyat sifatini oshirish hamda talabalar uchun xalqaro tajriba imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.