None

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda navbatdagi himoyalar oʻtkazildi.


Toshkent Kimyo xalqaro universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda navbatdagi himoyalar oʻtkazildi.

2024 yilning 3 aprel kuni Toshkent Kimyo xalqaro universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.1.133.02 raqamli Ilmiy Kengashda 2 ta himoya boʻlib oʻtdi. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil tadqiqotchisi Tohirov Shuhrat Niyoz oʻgʻlining 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi boʻyicha “Yirik soliq toʻlovchilarning investitsiyaviy faolligini soliqlar orqali ragʻbatlantirish”  va Toshkent Kimyo xalqaro universiteti mustaqil tadqiqotchisi Qahhorov Ulugʻbek Xolmatovichning 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi boʻyicha “Tijorat banklari tomonidan kreditlash mexanizmini takomillashtirish” mavzularida iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.