None

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti Mashinasozlik texnalogiyalari yo'nalishi o'qtuvchilari Litvaning Vilnius Gediminas Texnika universitetida


Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti Mashinasozlik texnalogiyalari yo'nalishi o'qtuvchilari Litvaning Vilnius Gediminas Texnika universitetida
Yevropa ittifoqining Erasmus+ "Oliy ta'limda salohiyatni oshirish-CBHE" dasturi tomonidan moliyalashtirilgan "UzMedEn: O‘zbekistonda tibbiyot muhandisligi sohasida yangi magistratura dasturi va malaka oshirish kurslarini ishlab chiqish" loyihasi doirasida Litvaning Vilnius Gediminas Texnika universitetida rejalashtirilgan ikki haftalik malaka oshirish kurslar joriy yilning 30 sentabr kunidan boshlandi. Malaka oshirish kurslarining rasmiy ochilish marosimiga universitetining rektori professor Romualdas Kliukas va universitet akademik jamoasi, shu bilan birga O'zbekiston Respublikasining 8 ta oliy ta’lim muassasalaridan 30 dan ortiq professor o‘qituvchilari ishtirok etdi. Yaqin ikki hafta davomida O‘zbekistondan tashrif buyurgan professor o‘qituvchilar biotibbiyot muhandislik sohasida Yevropa ittifoqining ilg‘or tajribasini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.