Toshkent Kimyo xalqaro universiteti qayta tiklanuvchi energiya sohasida hamkorlik memorandumini imzoladi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hamkorlik doirasida qayta tiklanuvchi energiya yo‘nalishida qo‘shma ilmiy loyihalar amalga oshiriladi, seminar va treninglar tashkil etiladi hamda talabalar va yosh tadqiqotchilar amaliy loyihalarga jalb etiladi.
Mazkur kelishuv “yashil energetika” yo‘nalishida ilmiy salohiyatni rivojlantirish va malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.