None

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialining oʻqituvchilari Ispaniya va Xitoyda malaka oshirmoqda


Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialining oʻqituvchilari Ispaniya va Xitoyda malaka oshirmoqda.
Universitetning aniq fanlar kafedrasi mudiri Bobomurad Narkuziyev hozirda Ispaniyaning Granada shahridagi Granada universitetida professor M.Velasco rahbarligida ilmiy stajirovka oʻtamoqda.
Shuningdek, xorijiy tillar kafedrasi oʻqituvchisi Begzod Sattarov Xitoyning Hanban tashkiloti tomonidan berilgan grantni qoʻlga kiritib, Xinjiang Normal University ga 15 kunlik malaka oshirish uchun joʻnab ketdi.
Hozirda oʻqituvchilarimiz tajriba oshirib, oʻz ustilarida ishlamoqda. Bu esa, universitetimiz talabalariga yanada sifatli bilim berish uchun xizmat qiladi.