
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabalarining tibbiyot boʻyicha xalqaro yutuqlari: Oʻzbekiston va xorijdagi olimpiadalarda faxrli natijalar
2024–2025 oʻquv yili davomida Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Tibbiyot maktabi talabalarining yutuqlari mahalliy va xalqaro miqyosdagi tibbiy olimpiadalarda yaqqol namoyon boʻldi. Turli mavzulardagi nufuzli tanlovlarda faxrli 1–2–3-oʻrinlarni egallagan talabalarimiz nafaqat bilim va mahoratlarini isbotladilar, balki universitet nomini munosib himoya etdilar.
Ular ishtirok etgan asosiy olimpiadalar quyidagilardir:
🔹 V xalqaro olimpiada “Samarkand–2020”, 13–14-dekabr 2024
🔹 “Morfologiya va xirurgiya” xalqaro forumi, 17–23-fevral 2025
🔹 Akademik V.V.Vaxidov nomidagi I talabalar olimpiadasi, 21–22-fevral 2025
🔹 “Avitsenaning izdoshlari” V xalqaro olimpiadasi, 25-mart 2025
🔹 “Andijon–2025” I xalqaro fan olimpiadasi, 9-aprel 2025
🔹 XXXII Moskva xalqaro xirurgik olimpiadasi (final bosqichi)
🔹 “Urganch–2030” II xalqaro tibbiyot olimpiadasi
Mazkur tadbirlarda talabalarimiz klinik koʻnikmalar, xirurgiya, morfologiya, diagnostika va sogʻliqni saqlashning boshqa muhim yoʻnalishlari boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar.
Universitetimiz 1–2–3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan iqtidorli talabalarni esdalik va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirladi. Bu ragʻbatlar nafaqat gʻoliblar uchun, balki qolgan talabalarga ham ilhom va motivatsiya boʻlib xizmat qiladi.