None

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabasi Xitoyga ta’lim safariga yol oladi


2024 yilning 12 mart kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida “Seed for the Future 2023” loyihasi ishtirokchilari bilan uchrashuv va “Tech4Good” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, oliy o‘quv yurtlari rektorlari va professor-o‘qituvchilari, Huawei rahbariyati hamda O‘zbekistonning 7 ta oliy o‘quv yurti talabalari o‘quv loyihasi yakunlarini sarhisob qildi.
Raqamli texnologiyalar vazirligida Tech4Good 2023 global tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekiston Silver Award и People’s Choice Award mukofotlarini qo‘lga kiritdilar. Tanlovning finali bosqichi 2024 yilning 11 yanvar kuni boʻlib oʻtdi va ekspert hakamlar hayʼatining ovoz berish natijalariga koʻra, TechnoMinds jamoasining “Aquatibia” deb nomlangan loyihasi final bosqichidagi oʻnta jamoa orasida eng yaxshilaridan biri deb topildi.

Sovrindor sakkiz nafar TechnoMinds jamoasi ishtirokchisi Xitoyga China Seeds Tour dasturi doirasida sayohat qiladilar va o‘z loyihalarini amalga oshirish uchun grant oladilar. Ular orasida Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabasi Pak Oleg ham bor. “Seed for the Future 2023” taʼlim loyihasi davomida Oʻzbekiston yoshlarining namoyon etayotgan salohiyatini inobatga olib, loyihaning oʻtgan yiligi qatnashchilaridan qoʻshimcha 4 nafar ishtirokchi Xitoyga sayohat qilish uchun tanlab olindi.

Uchrashuvda “Seed for the Future 2023” ta’lim loyihasi yakunlari ham sarhisob qilindi. O‘tgan yilning sentabr oyida Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida O‘zbekistonning 7 ta Oliy o‘quv yurtidan 15 nafar talaba Qatarning Doha shahrida Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasidagi 15 ta davlat universitetlaridan 175 nafar talabani birlashtirgan mintaqaviy loyihada ishtirok etdi.

“Iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishdan asosiy maqsad yosh avlodni ish bilan ta’minlashdan iborat. Ta’lim dasturlarini amalga oshirish va talabalarning amaliy ko‘nikmalarini shakillantirish orqali biz yosh iste’dod egalarining xalqaro va mahalliy kompaniyalarda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishlariga bo‘lgan ishonchni yanada kuchaytirmoqchimiz. Yoshlarni jalb etishdan nafaqat kompaniyalarning o‘zlari, balki butun dunyo innovatsion texnologiyalarni oʻzlashtirgan malakali kadrlarga muhtoj, bu yil Huawei kompaniyasining O‘zbekistonda tashkil etilganiga 25 yil to‘ldi, shuningdek, “Seed for the Future” loyihasining 10 yilligi nishonlanadi. Biz vazirlik va universitetlarga ko‘rsatgan yordamlari uchun minnatdorchilik bildiramiz va qo‘shma loyihalar yanada ko‘proq amalga oshirilishiga umid qilamiz”, — dedi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori janob Chen Jiakai.

“Seed for the Future 2023” loyihasi davomida o‘zbekistonlik talabalar 5G, sun’iy intellekt, bulutli hisoblash kabi innovatsion texnologiyalarni o‘rganishdi, dunyoning turli mamlakatlaridagi tengdoshlari bilan tajriba va bilim almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi, shuningdek, COP-28 doirasidagi “Iste’dodlar sammitlari” da ishtirok etishdi. Dubayda, Barselonada boʻlib oʻtgan MWC 2024 Mobile World Congress koʻrgazmasida, joriy yilning yanvar oyida Shenchjen shahridagi Huawei bosh qarorgohiga Oʻzbekiston davlat organlarining tashriflarini tashkil etishda qatnashdilar.
Huawei O‘zbekistondagi ta’lim loyihalarini amalga oshirishdan tashqari, har yili AKT talabalari uchun amaliyot o’tash imkonoyatini yaratadi. 55 nafar talaba, shu jumladan 2023 va 2022 yillardagi “Seeds for the Future” loyihasining 11 nafar bitiruvchisi kompaniyaning Toshkentdagi ofisida uch oylik stajirovka o'tash uchun tanlab olindi.

“Seeds for the Future” Huawei kompaniyasining korporativ ijtimoiy tashabbusi doirasida amalga oshirilayotgan eng muhim global taʼlim dasturidir. 2008 yilda ishga tushirilgandan buyon dastur 141 mamlakatdan 18 000 dan ortiq talabalarni qabul qildi. O‘tgan yillarda dastur bo‘yicha o‘zbekistonlik 50 nafar talaba Xitoyda, 2020-2022 yillarda 82 nafar talaba dasturning onlayn shaklida qatnashgan. 2017 yilda “Seeds for the Future” loyihasining o‘zbekistondlik 4 nafar ishtirokchisi Pekinda bo‘lib o‘tgan “Bir kamar, bir yo‘l” xalqaro sammitida ishtirok etdi