
🇦🇺/🇺🇿 Toshkent Kimyo xalqaro universiteti ta’sischisi A.Vaxobov hamda universitet rektori J.Kudaybergenov rasmiy tashrif bilan Avstraliyada bo‘lib turishibdi
Delegatsiyamiz a’zolarining ushbu davlatdagi ilk tashrif buyurgan manzillari Edith Cowan universiteti (ECU) (https://en.m.wikipedia.org/wiki/Edith_Cowan_University) bo‘ldi.
🤝 Mazkur tashrif davomida vakillarimiz ECU Universitetining prezidenti, professor Stiv Chapman, Xalqaro masalalar bo‘yicha prorektor o‘rinbosari Jeyk Garman hamda ijrochi dekan, professor Daryoush Habibilar bilan uchrashishdi.
Uchrashuvda asosan universitetlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish bo‘yicha do‘stona muzokaralarni olib borishdi.