Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Turkmaniston bilan ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Turkmaniston bilan ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti vakillari Turkmaniston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasida bo‘lib, oliy ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida Turkmanistondagi oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish, akademik almashinuv, qo‘shma ta’lim dasturlari hamda ilmiy loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, Turkmaniston yoshlarini Toshkent Kimyo xalqaro universitetida tahsil olishga jalb etish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Universitetimiz O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi gumanitar va ta’limiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan o‘zaro manfaatli tashabbuslarni amalga oshirishdan manfaatdor va ushbu yo‘nalishda amaliy hamkorlikni davom ettirishga tayyor.