
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pekin kimyo texnologiyalari universiteti oʻrtasida hamkorlik mustahkamlanmoqda
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida “Tarjimashunoslik (xitoy, ingliz tili)” yoʻnalishi yoʻlga qoʻyilgani talabalarimizning xalqaro imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Shu munosabat bilan universitetimizda Xitoyning nufuzli oliy taʼlim muassasasi — Pekin kimyo texnologiyalari universiteti (Beijing University of Chemical Technology) vakillari tashrif buyurishdi.
Uchrashuv chogʻida ikki tomonlama hamkorlikning muhim masalalari muhokama qilindi. Xususan, talabalar almashinuvi, stajirovkalar, ilmiy tadqiqotlar, hamkorlikda loyihalar yuritish, tarjimashunoslik va muhandislik sohalarida oʻquv-amaliy tajriba almashuvini yoʻlga qoʻyish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Eslatib oʻtamiz, Pekin kimyo texnologiyalari universiteti — Xitoyning eng nufuzli texnik universitetlaridan biri hisoblanadi va xalqaro reytinglarda oʻz oʻrniga ega.
Bu hamkorlik talabalarimizning kelajagi uchun mustahkam poydevor boʻlib, ularning xalqaro miqyosda taʼlim olishi, ilmiy izlanishlar olib borishi va global mehnat bozorida oʻz oʻrnini topishiga katta hissa qoʻshadi.