A memorandum of cooperation was signed between Kimyo International University in Tashkent and Tashkent Metallurgical Plant JV LLC

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va “Toshkent metallurgiya zavodi” MChJ QK oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi


Memorandum turli sohalar uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, fan va amaliyot integratsiyasi boʻyicha hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan. Memorandum qator qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi, jumladan:
“Toshkent metallurgiya zavodi” MChJ QK da universitet talabalarining ishlab chiqarish amaliyotini oʻtishini tashkillashtirish va keyinchalik ishga joylashtirish;
“Toshkent metallurgiya zavodi” MChJ QK mutaxassislari va universitet professor-oʻqituvchilari oʻrtasida tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish;
Birgalikda innovatsion kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish;
Universitet tomonidan “Robotexnika, metallshunoslik va metallga sovuq ishlov berish” yoʻnalishini rivojlantirish.