Toshkent Kimyo xalqaro universiteti vakillari O‘zbekiston Mehmonxonalar assotsiatsiyasi bilan hamkorlik memorandumi imzoladi. Hujjat Hotel Business Forum 2026 doirasida, 2026-yil 13–14-fevral kunlari Hilton Tashkent City mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan tadb
Forum mehmondo‘stlik sohasining muhim biznes maydoniga aylandi. Ikki kun davomida mehmonxona egalari, boshqaruvchilar va soha vakillari dolzarb masalalarni muhokama qildilar, tajriba almashdilar va yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydilar. Imzolangan memorandum universitet va mehmonxona sohasining professional hamjamiyati o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. U qo‘shma ta’lim loyihalari, talabalar amaliyoti va stajirovkalari, sohaviy tadbirlar hamda bitiruvchilarni ishga joylashtirish yo‘nalishlarini qamrab oladi.
Mazkur kelishuv ta’lim jarayonini amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish va soha uchun malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.