Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti Xitoyning “RuiPan International Education Technology” kompaniyasi bilan bir necha yillardan buyon samarali hamkorlik qilib kelmoqda.
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti Xitoyning “RuiPan International Education Technology” kompaniyasi bilan bir necha yillardan buyon samarali hamkorlik qilib kelmoqda. O‘tgan ikki yil davomida ushbu hamkorlik doirasida 50 dan ortiq talabalar Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash imkoniga ega bo‘ldi. Shuningdek, universitet o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha ham muhim natijalarga erishildi.
Navbatdagi uchrashuvda tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Grand dasturlari doirasida yangi imkoniyatlar yaratish masalalarini muhokama qildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro aloqalarni mustahkamlash va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni davom ettirishga kelishib oldilar.