• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    • Doktorantura
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru
None

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Yevropa va Osiyodagi nufuzli universitetlar bilan hamkorlikni kengaytirib bormoqda


Turkiyaning Istanbul shahrida Evroosiyo Oliy ta’lim sammiti – EURIE 2025 bo‘lib o‘tmoqda. Unda Toshkent Kimyo xalqaro universiteti rektori Karimjon Axmedjanov hamda “Tillar” va “Tarjimashunoslik” ta’lim yo’nalishlari rahbari O‘tkir Bo‘tayevlar ishtirok etishmoqda.

Mazkur sammit Osiyo va Yevropa oliy ta’lim tizimlarini bog‘lovchi nufuzli xalqaro tadbir sifatida 10 yildan buyon muntazam tashkil etib kelinmoqda. EURIE 2025 sammiti ushbu forumning yubiley soni bo‘lib, unda oliy martabali mehmonlar, olimlar va yetuk mutaxassislar ishtirok etishmoqda. Jumladan, Istanbul Aydin universiteti prezidenti janob Mustafa Aydin, Malayziya oliy ta’lim vaziri janob Zambri Abdul Qodir, Buyuk Britaniya Konsulligining oliy ta’lim masalalari bo‘yicha rahbari Martin Houp, Turkiya Oliy ta’lim kengashi raisi doktor Erol Özvar hamda boshqa ko‘plab nufuzli shaxslar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Tadbir doirasida oliy ta’limni xalqarolashtirish, zamonaviy tendensiyalar, pedagogik innovatsiyalar va ilmiy izlanishlarni rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti delegatsiyasi turli xorijiy universitetlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari, xususan, qo‘shma ilmiy loyihalar va tajriba almashish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, stajirovka va malaka oshirish imkoniyatlarini kelishib olishdi.

Ushbu xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi doirasida TKXU bilan NAFSA: Association of International Educators (Ta’lim beruvchilar xalqaro assotsiatsiyasi), Embassy of Canada Trade Commissioner Service (Kanada elchixonasi savdo komissariyasi), British Council, FIIBA xalqaro akkreditasiya agentligi (Germaniya), KOC universiteti, University Utara Malaysia, YHANK Institute of Malta, Alanya University kabi xalqaro tashkilot va universitetlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Universitet vakillari sammit doirasida tashkillashtirilgan “AI Trends and Practices for Digital Marketing and Internationalisation in Higher Education”, “Power of Transnational Education”, “Transformative Global Learning” va boshqa amaliy mashg‘ulot hamda seminarlarda ham faol ishtirok etishmoqda.


4

4. Sifatli ta'lim
  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • ул. Шота Руставели, 156, 100121 Ташкент
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram