Toshkent Kimyo xalqaro universitetida 2023-yil 13-oktabrda “Tarix taʼlimida raqamli texnologiyalar: tajriba va istiqbollar” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida 2023-yil 13-oktabrda “Tarix taʼlimida raqamli texnologiyalar: tajriba va istiqbollar” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. Tarixni raqamlashtirishga oid Oʻzbekistonda ilk bor oʻtkazilgan mazkur ilmiy anjumanda mahalliy olimlardan tashqari, Germaniya, Belgiya, Italiya, Qirgʻiziston, Tojikiston, Qozogʻiston olimlari ishtirok etdi. Konferensiya yakunida universitetning “Tarix” kafedrasi qoshida tarixchi talabalardan iborat “Digital history lab” laboratoriyasi tashkil etish toʻgʻrisida rezolyutsiya qabul qilindi. Konferensiyaning dasturi doirasida 14-oktabr kuni Toshkentning tarixiy joylariga ekskursiya uyushtirildi.