Toshkent Kimyo xalqaro universitetida “Qurilish” taʼlim yoʻnalishi mavjud boʻlib, hozirda talabalar amaliyot mashgʻulotlarida boʻlib turishibdi
Oʻzbek xalqi azaldan meʼmorchilik va qurilish ishlariga alohida eʼtibor berib kelgan. Samarqand, Buxoro va Xiva kabi shaharlardagi qadimiy meʼmorchilik durdonalari bizning boy tariximiz va madaniyatimizning yorqin namunasidir.
Bugungi kunda ham yurtimizda zamonaviy va mustahkam inshootlar qurishga ehtiyoj katta.
Bizga minglab yillarga yetadigan, mustahkam inshootlarni quradigan va zamonaviy texnologiyalar va uslublardan foydalana oladigan malakali quruvchilar kerak.
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida “Qurilish” taʼlim yoʻnalishi mavjud boʻlib, hozirda talabalar amaliyot mashgʻulotlarida boʻlib turishibdi. Yurtimizning kelajagi, uning yanada ravnaq topishi va xalqimizning farovonligi koʻp jihatdan qurilish sohasidagi rivojlanishlarga bogʻliq. Shu sababli, biz barchamiz kelajakda shu sohada faoliyat yuritishni tanlayotgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlashda davom etamiz.