None

Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga Janubiy Koreyaning Hyundai Elevator va Hyundai Movex kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi


Xabaringiz bor, mamlakatimizda muhandislik sohasida kadrlar yetishmovchiligi katta muammolardan biri sanaladi.
Oʻtgan hafta, Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga Janubiy Koreyaning Hyundai Elevator va Hyundai Movex kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi. Mehmonlarni Innovatsiya va ilmiy ishlar boʻyicha prorektor Prof. Jamshid Kaniev kutib oldi. Muzokaralar chogʻida ishlab chiqaruvchi kompaniya va universitet oʻrtasidagi hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari va rejalar muhokama qilindi. Shuningdek, vakillar “Muhandislik maktabi” ichiga kiruvchi yoʻnalishlar va u yerda yaratilgan moddiy texnik baza bilan yaqindan tanishib chiqdilar. Tomonlar kelajakda malakali kadrlarni ishga qabul qilish uchun hozirdan amaliyot jarayonlarini mustahkamlash lozimligini eʼtirof etishdi. Hozirda Toshkent Kimyo xalqaro universiteti vakillari Hyundai Elevator va Hyundai Movex kompaniyalari va ularning zavodlari faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqish uchun Janubiy Koreyada xizmat safarida boʻlib turishibdi.