 
                        Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga mustaqil izlanuvchilikka (PhD) kirish uchun talabgorlar tomonidan taqdim etiladigan xujjatlar roʼyxati
1. Universitet rektori nomiga ariza;
2. Qisqacha biografik maʼlumotnoma / Obʼektivka (elektron varianti bilan);
3. Pasport nusxasi (JPG formatida elektron varianti bilan) va 4 ta (3,5x4,5) rasm;
4. Oliy taʼlim muassasasi bakalavr va magistratura diplomlari nusxasi (ilovalari bilan);
5. Ilmiy rahbarning rozilik xati (xatda rahbarning to‘liq FIShi himoya qilgan ixtisoslik shifri va nomi, talabgor dissertatsiya ishining mavzusi va ixtisoslik shifri ko‘rsatilishi, imzo muxr bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak);
6. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari talabgorlarga tanlangan disertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida 1 ta ilmiy maqola va 2 tezis bo‘lishi hamda ilmiy ishlar ro‘yxati ilmiy kotib tomonidan imzolanishi va muxr bilan tasdiqlanishi lozim);
7. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
8. Ish joyidan tavsifnoma;
9. Fayl papka;
10. Asosnoma, mundarija.
Shuningdek, quyidagi xujjatlar mavjud bo‘lsa taqdim qilinishi maqsadga muvofiq hisoblanadi:
- Muayyan ilmiy yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (ixtiro uchun patentlar va mualliflik guvohnomalari)
Hujjatlarni topshirish muddatlari:
1-chorak: 15 sentyabrdan 15 oktabrgacha
2-chorak: 15 yanvardan 15 fevralgacha
3-chorak: 15 apreldan 15 maygacha
4 chorak: 15 iyuldan 15 avgustgacha
| № | Shifr | Ixtisoslik | 
| 1 | 05.08.06 | G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish | 
| 2 | 05.02.03 | Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari | 
| 3 | 05.09.01 | Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar | 
| 4 | 07.00.01 | O‘zbekiston tarixi | 
| 5 | 07.00.03 | Jahon tarixi | 
| 6 | 07.00.05 | Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi | 
| 7 | 08.00.01 | Iqtisodiyot nazariyasi | 
| 8 | 08.00.05 | Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti | 
| 9 | 08.00.07 | Moliya, pul muomalasi va kredit | 
| 10 | 08.00.08 | Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit | 
| 11 | 08.00.11 | Marketing | 
| 12 | 08.00.13 | Menejment | 
| 13 | 08.00.15 | Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti | 
| 14 | 08.00.17 | Turizma va mehmonxona faoliyati | 
| 15 | 10.00.00 | Filologiya fanlari | 
| 16 | 10.00.07 | Adabiyot nazariyasi | 
| 17 | 10.00.06 | Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik | 
| 18 | 10.00.11 | Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi | 
| 19 | 13.00.02 | Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi | 
| 20 | 14.00.02 | Morfologiya | 
| 21 | 14.00.10 | Yuqumli kasalliklar | 
| 22 | 14.00.30 | Epidemiologiya | 
| 23 | 17.00.05 | Dizayn nazariyasi va tarixi | 
| 24 | 17.00.08 | Sanʼat nazariyasi va tarixi | 
| 25 | 18.00.01 | Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini taʼmirlash va tiklash | 
| 26 | 18.00.02 | Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar-joylarni rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi | 
| 27 | 23.00.03 | Siyosiy madaniyat va mafkura. Siyosiy fanlar | 
| 28 | 23.00.04 | Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari | 
| 29 | 02.00.14 | Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi | 
 
                                    