Toshkent Kimyo xalqaro universitetining arxitektura va shaharsozlik yo‘nalishi talabalari hozirda Yaponiyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi.
Toshkent Kimyo xalqaro universitetining arxitektura va shaharsozlik yo‘nalishi talabalari hozirda Yaponiyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida talabalar Yaponiya davlatining Okinawa orolida joylashgan nufuzli Ryukyu Universitetiga tashrif buyurib, universitet hayoti, ta’lim jarayoni hamda zamonaviy o‘quv muhiti bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ikki universitet talabalari ishtirokida “Do‘stlik darsi” tashkil etilib, unda madaniy va ilmiy tajriba almashildi.
Tashrif davomida Ryukyu Universiteti professor-o‘qituvchisi Ganaha-san tomonidan “Rang dizayni” yo‘nalishida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Bundan tashqari, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari Okinawa oroliga amalga oshirilgan ilk amaliy tashrifni Soken Sekkei Jimusho qurilish-loyihalash tashkiloti bilan tanishuvdan boshlab, zamonaviy loyihalash jarayonlari, shaharsozlik va yapon muhandislik tajribasi bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur tashrif talabalar uchun kasbiy bilim va ko‘nikmalarni oshirish, shuningdek, xalqaro hamkorlik va do‘stlik aloqalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.