Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Arxitektura va shaharsozlik” yoʻnalishi talabasi Elbek Abdumannopov 2+2 qoʻshma dasturi asosida Janubiy Koreyaning Hanyang universitetida tahsil olmoqda
Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Arxitektura va shaharsozlik” yoʻnalishi talabasi Elbek Abdumannopov 2+2 qoʻshma dasturi asosida Janubiy Koreyaning Hanyang universitetida tahsil olmoqda. Elbek yozgi taʼtilda Samsung C&T kompaniyasida bir haftalik amaliyot oʻtkazdi, bu esa unga xalqaro tajriba va zamonaviy qurilish texnologiyalari bilan tanishish imkoniyatini berdi. Ushbu tajriba davomida Elbek boshqa universitetlar talabalari bilan doʻstlashdi va xalqaro hamkorlikda ishlash koʻnikmalarini boyitdi.
Amaliyot davomida Elbek kompaniyaning innovatsion yondashuvlari va ilgʻor texnologiyalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻldi. U loyihalash jarayonlari, qurilish boshqaruvi va shaharsozlikka oid yangi texnologiyalarni oʻrganib, oʻzining professional koʻnikmalarini yanada boyitdi.