Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Kosmetologiya” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
Aylin Raxmatova O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining universitetdagi boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi lavozimiga munosib nomzod deb topildi.
U O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi huzuridagi tanlov komissiyasi suhbatidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Aylin Raxmatovaga O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashining ishonch yorlig‘i universitet rektori Akmal Allakuliev tomonidan topshirildi.
Yangi yoshlar yetakchisini tabriklaymiz va faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz.