None

Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Liboslar dizayni” yoʻnalishi talabalari Xitoyning Hebei Vocational University of Technology and Engineering universitetida amaliyot va yozgi taʼtilni oʻtkazishmoqda


Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Liboslar dizayni” yoʻnalishi talabalari Xitoyning Hebei Vocational University of Technology and Engineering universitetida amaliyot va yozgi taʼtilni oʻtkazishmoqda.

Xitoy davlati butun jahonga katta brendlarning ishlab chiqarish markazi va lyuks kopiyalar tikish boʻyicha yetakchilardan hisoblanadi. Shunday ekan, talabalar dizayn va moda sanoatining eng soʻnggi tendensiyalari bilan tanishish, yetakchi mutaxassislar bilan uchrashish va amaliy tajriba orttirish imkoniga ega boʻlishmoqda.

Ushbu tashabbus ikki universitet oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va talabalar bilimini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Bundan tashqari, talabalar Xitoyning madaniy merosi bilan tanishish, tarixiy va zamonaviy diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Bu esa ularning dunyoqarashini kengaytirish va boshqa madaniyatlar bilan tanishishiga xizmat qiladi.