• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    • Doktorantura
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru
avolare

Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Liboslar dizayni” yoʻnalishi talabalarining “Eksperimental grafika” fani doirasida oʻtkaziladigan III anʼanaviy “Avolare” koʻrgazmasi


Eksperimental ijod usulini anʼanaga aylantirgan “Liboslar dizayni” yoʻnalishi ustozlari va talabalaridan navbatdagi tasviriy akt (namoyish). Badiiy soha vakillarining professional oʻsishi, kasbiy mahoratini oshirishi uchun ijodiy izlanishlar, atrofni kuzatish va oʻz rakursidan tahlil qilishi muhim jarayondir. Ushbu anʼanaviy koʻrgazma talabalarning oʻz ustida ishlab, tahlil qilish mahoratlarini tashqaridan baholash imkonini yaratadi.
Yaratilgan grafika, rangtasvir, eksperimental kollaj va instalyatsiyalarda nafaqat goʻzallik, oʻzlikni anglash borasidagi tasviriy mushohadalar, balki qizlar, ayollar xilqatining nozikligi, ularga nisbatan zoʻravonlik, atrof-muhitning ifloslanishi va jamiyatning boshqa aktual muammolarini ekspressiv ifodaviy-vizual shakllar orqali taqdim etganlar. Talabalar oʻz ishlarida boy kompozitsiyalardan foydalanishgan, ishlarning har birida detal va rang sxemasiga maksimal darajada eʼtibor qaratilgan. Asarlarda tasvirlangan chuqur gʻoyaviy masalalar rassomlarning tasviriy tasavvurlari yordamida hissiyotga boy koʻrinishda taqdim etilgan. Koʻrgazmadagi asarlar syujet talqinlari rang-barang boʻlib, dolzarb mavzuni ochib berishda talabalarning professional ijodiy koʻnikmalarini, badiiy jarayondagi muammoli mavzularni his etish iqtidorlarini yaqqol namoyon qilgan. Bu ishlar tomoshabinni befarq oʻtib ketishga izn bermaydi, balki davrning tobora dolzarb boʻlib borayotgan oʻtkir muammolari haqida fikr yuritishga chorlaydi.
Noanʼanaviy ijodiy tajribalar guvohi boʻlishni istagan ijodkorlar va tomoshabinlar uchun koʻrgazma boy taassurotlarni vaʼda qiladi.


  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • ул. Шота Руставели, 156, 100121 Ташкент
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram