
Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Moliya” kafedrasi tomonidan 2-kurs “Банк иши” va “Молия” yoʻnalishlari talabalari oʻrtasida “FINANCIAL BATTLE” boʻlib oʻtdi
18 may kuni Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Moliya” kafedrasi tomonidan 2-kurs “Банк иши” va “Молия” yoʻnalishlari talabalari oʻrtasida “FINANCIAL BATTLE” boʻlib oʻtdi. Unda “BAN-51,52” guruhlari va “FIN-51,52,53” guruh talabalari “FINANCIAL MANAGEMENT” fanidan oʻzaro bellashishdi. Musobaqa 4 ta shart asosida boʻlib oʻtdi, 1- shart fan doirasida testlar, 2-shartda savollar, 3-shartda quiz va oxirgi 4-shart masalalar ishlashdan iborat boʻldi. Umumiy natijalar hisoblanganda “BAN-51,52” guruh talabalari 69 ball toʻplashdi, “FIN-51,52,53” guruh talabalari esa 55 ball toʻplashdi. Banking yoʻnalishi 2-kurs talabalari “FINANCIAL BATTLE” gʻolibi boʻlishdi.