None

Toshkent Kimyo xalqaro universitetining muhandislik yoʻnalishi ustozlari tomonidan oʻquv kursi tashkil etilib, unda AQShdan tashrif buyurgan muhandis professorlar ishtirok etdilar


Toshkent Kimyo xalqaro universitetining muhandislik yoʻnalishi ustozlari tomonidan oʻquv kursi tashkil etilib, unda AQShdan tashrif buyurgan muhandis professorlar ishtirok etdilar. Maqsad amerikalik ustozlarga TKXUda qoʻllanilayotgan oʻqitish metodlari va texnik imkoniyatlarni namoyish etishdan iborat boʻldi.

Darslar davomida mehmon professorlar TKXUning laboratoriyalari va taʼlim muassasalarini koʻzdan kechirdilar, shuningdek, ular oʻzlarining ilmiy va pedagogik tajribalarini oʻrtoqlashdilar. Bu ochiq darslar TKXU professorlari va talabalariga zamonaviy muhandislik qurilmalari va texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha qimmatli bilimlar berish imkonini yaratdi.