![Professor of the Kimyo International University in Tashkent delivered a lecture to students of the Malta State University Professor of the Kimyo International University in Tashkent delivered a lecture to students of the Malta State University](/media/filer_public_thumbnails/filer_public/29/a7/29a73629-e79c-426c-aa41-51787c6d2a21/photo_2022-11-17_22-31-56.jpg__1920x1080_q85_crop_subsampling-2.jpg)
Toshkent Kimyo xalqaro universitetining professori Malta davlat universiteti talabalariga maʼruza oʻqidi
Universitetimizning tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri (Tarjimashunoslik — xitoy, ingliz tili) filologiya fanlari doktori, professor Gulnoza Odilova, Yevropa universitetlari top mingtaligi roʻyxatiga kiruvchi Malta davlat universiteti tarjimonlik yoʻnalishi talabalariga “Language interference in translation” - tarjimada interferensiya muammosi, mavzusida maʼruza oʻqidi. Shuningdek, mazkur universitetning Tarjimonlik, Sharq tillari (Xitoy tili) yoʻnalishlari va universitetimiz oʻrtasida xalqaro hamkorlikdagi loyihalar va talabalar almashinuv dasturlarini tashkil etish masalasida kelishib olindi.