Toshkent Kimyo xalqaro universitetining rektori J.Kudaybergenov “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Joriy yilning noyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan, shuningdek, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan yurtdoshlarimizni “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisida Prezident farmoni imzolangan edi. Farmonga binoan bugun Yakkasaroy tuman hokimi Sayfutdinov Anvar Nazarovich Toshkent Kimyo xalqaro universitetining rektori J.Kudaybergenov “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonini tantanali topshirdi.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti jamoasi Janpolat Shamuratovichni ushbu yuksak mukofot bilan muborakbod etib, kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.